G’arb tillari oliy maktabi
Saidakbarova Saodat Parxadjanovna | ||
Ilmiy darajasi va unvoni: | PhD, dotsent | |
Lavozimi: | Kafedra mudiri | |
Qabul vaqtlari: | Har kuni (08:00-16:00) | |
Tel.: | +998 91 164-16-14 | |
E-mail: | saodat_saidakbarova@tsuos.uz |
G’arb tillari kafedrasi
G‘arb tillari kafedrasi 1944-yildan buyon bir necha bor qayta shakllangan. Kafedra CASU universiteti tarkibida Sharqshunoslik fakulteti bo‘lgan. Solodovnikov N.F. va Kush N.P. kafedraning birinchi o‘qituvchilari va sharqshunos yetakchilari hisoblangan. 1977-yili fakultetda ingliz tili kafedrasi tashkil etilib, unga dotsent Sattarova Z.B. rahbarlik qilgan. G‘arbiy Yevropa tillari kafedrasi tashkil etilishi esa 1991-yilda, hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetidan Sharqshunoslik fakulteti ajratilganidan ko‘p o‘tmay tashkil etilgan. 1996-yil kafedraning bir guruh o‘qituvchlari Xalqaro iqtisod va munosobatlar fakultetiga o‘tkazilgan. “Tarix va falsafa” fakultetida ish olib borib kelayotgan “G‘arbiy Yevropa tillari” kafedrasi “Tarix va falsafa”, “Koreyashunoslik”, “Xitoyshunoslik” hamda “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakultetlarida ingliz, nemiz hamda fransuz tillarida dars berib kelgan.
2020-yil, 1-iyundan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tashkil etilgan Turkshunoslik fakulteti tarkibida, oldingi G‘arbiy Yevropa tillari kafedrasi “G‘arb tillari” kafedrasi nomi bilan faoliyatini davom etgan.
2024-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida olib borigan optimizatsiya, transformatsiya va xalqarolashtirish natijasida “G‘arb tillari” kafedrasi yangi tashkil etilgan “Amaliy fanlar” fakulteti tarkibiga kirdi. 2024-o‘quv yilidan kafedra dotsenti, PhD Saidakbarova Saodat Parxadjanovna kafedra mudiri etib tayinlangan.
2024-2025 o‘quv yilida kafedrada yangi 60110900 “Xorijiy til: ingliz tili” (bakalavr) hamda 70110901- Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) (magistratura) ta’lim yo‘nalishlari ochildi.
Kafedramiz professor-o‘qituvchilari jamoasi hozirda 40 nafar xodimdan iborat: 4 ta dotsent, 18 ta katta o‘qituvchi, 10 ta o‘qituvchi va 8 ta stajor-o‘qituvchi.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy ishlari faoliyati
№ |
Tadqiqotchining F.I.Sh | Tadqiqot ish mavzusi |
Ilmiy rahbar F.I.Sh |
1 |
Askarova Shaxnoza Kamoliddinovna | Alpomish dostoni inglizcha tarjimasining lingvomadaniy xususiyatlari | f.f.d., prof. D.S.Qulmamatov |
2 |
Saidakbarova Saodat Parxadjanovna | Ingliz va o‘zbek muloqotida kodlash va dekodlashning gender xususiyatlari |
f.f.d.,prof, SH.Usmanova |
3 |
Abdullayeva Marxabo Raxmonkulovna | O‘tkir Hoshimov uslubini tarjimada qayta yaratish masalalari (“Dunyoning ishlari” asari inglizcha tarjimasi tahlilida) |
f.f.d., prof. X. Xamidov |
4 |
Abidova Zilola Xabibullayevna | Ingliz va oʻzbek tillaridagi tafakkur feʼllarining semantik tipologiyasi, oʻzaro tarjimasi va leksikografik talqin |
f.f.d.,prof, M.B. Rajabovich |
5 | Jabborova Zuhra
Tursinaliyevna |
A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar”romanining M. Reese “Bygone Days” tarjimasida milliy qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning tarjimada ifodalanishi |
F.f.d., prof. v.b. S.A.Hashimova |
6 |
Jalolova Iroda Maxmudovna | Jeyn Ostin asarlarida hurmat ma’nosining ifodalanish usullari |
Dots. B.SH.Sadikova |
7 |
Maksudova Dilshoda Kaxramonovna | Nutqiy janrlarning tarjimalarda berilishi va ularning talqini( Marks Orvel 1984 asari tarjimalari misolida) | f.f.d., prof.
X. Xamidov |
8 | Komilova Dildora Shavkatovna | Ingliz va o‘zbek adabiyotida nutq odobi talqini |
DSc., prof. v.b. D.S.O‘rayeva |
9 |
Yergesheva Nazira Turalbaevna | Ingliz tilini o‘qitishda bilingual ta’lim yondashuvini takomillashtirish | DSc., prof. X.X.Hamidov |
10 | Xabibullayeva Maxliyo Erkinovna | O‘zbek tarixiy romanlaridagi milliylikka xos atamalarning inglizcha tarjimalarda berilishi |
F.f.d., prof. Q.Sodiqov |
11 |
Nasretdinova Muxlisa Nizametdinovna | “E. Xemingvey ijodida personajlarning nutqida ellipsis xodisasi va ularning tarjimalarda kayta yaratish muommolari” | Dotsent |
12 |
Baxadirova Dildora Azodovna | A.Navoi aforizmlarini tarjima qilishda ekvivalentlik va adekvatlik masalalari |
Prof. B.Tuhliyev |
13 | Mirabdullayeva Zulfiya Olimjonovna | O‘zbek va ingliz tillardagi latifalarning qiyosiy tahlili (oila misolida) |
Prof. B.Tuhliyev |
Kafedraning hamkor tashkilotlari
- Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
- Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti(TDPU)
- Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti
- Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
- “Dunyo boʻylab” telekanali DUK
- Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
- Oʻzbekiston-24 telekanali
- O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi
- “Sharq yulduzi” jurnali
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi akademik litsey
- O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
- Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
- British Council
- NILE tillar o‘qitish instituti (Norwich, Buyuk Britaniya)
Kafedraning faoliyati bo‘yicha foto lavhalar