Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU talabalarining noshirlik faoliyati

TDSHU talabalari Shahobiddin Yo‘ldoshev, Hamidova Gulnoza va Abdusalomova Xurshidaxonlarning “Grammatical categories in Arabic and English” kitobi va “Alfath” she’riy kitobi Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Amazon.com da nashr etildi.
Shuningdek, Abdulaziz Rustamov ilmiy rahbarligida Shahobiddin Yo‘ldoshevning “Creation of Arabic linguistics” maqolasi Misrning “Stars of Egypt” bosma jurnalida va “Lirik qahramon yaratishda poetik mahorat” nomli maqolasi Yangi O‘zbekiston jurnalida nashr etildi.
Bundan tashqari, arab filologiyasi yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Hamrayeva Robiyabonuning “Bolalarga qanday qilib samarali usulda (arab tilini) o‘qitish mumkin?” nomli maqolasi AQSH, Kanada va Tailandda bosma shaklda chop etiladigan “Page 3 News” xalqaro jurnalida chop etildi.
Talabalarning bu kabi noshirlik faoliyati kelajakda ularga o‘z sohalarida ishlab pul topishida o‘zining yordamini beradi.

06.03.2024, 18:08 142