Indoneziya Elchixonasi bilan hamkorlikda madaniy-musiqiy dastur bo‘lib o‘tdi
2026-yil 5-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Indoneziyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi hamkorligida madaniy-musiqiy dastur tashkil etildi.
Tadbir davomida Indoneziya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, professor doktor Siti Ruhaini Dzuhayatin ishtirok etdi.
Madaniy dastur doirasida talabalar tomonidan “Ratoh Jaroe” an’anaviy indonez raqsi namoyish etildi. Shuningdek, 1–3-bosqich talabalari tomonidan indonez tilida “Berpantun” she’riy chiqishlari taqdim qilindi.
Tadbirning asosiy qismida “Ki Ageng Ganjur” Indoneziya musiqa guruhining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Yakunda barcha ishtirokchilar ishtirokida flash mob raqsi tashkil etildi. Mazkur madaniy tadbir O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, talabalarning madaniy almashinuv va xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.













