Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Jahon banki va AIF grant loyihasi

“Xalqaro aloqalarning yangi bosqichida ta’lim sifatini oshirish va sinxron-tarjimonlarni tayyorlashda zamonaviy sharoitlarni yaratish”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 martdagi “Xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyasi ishtirokidagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash” loyihasi to‘g‘risida”gi PQ2848 sonli qarori doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Jahon bankining ishtirokida “Xalqaro munosabatlarning yangi bosqichida sinxron tarjimonlarni tayyorlashda zamonaviy sharoitlarni yaratish va ta’lim sifatini oshirish” investision loyiha amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida “Forsayt-markazi” ochildi.

Bu markaz loyiha doirasida fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida uzviylikni ta’minlash va jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotiga yo‘naltirish, ta’lim jarayoni va ilmiy-tadqiqotlarni yuqori saviyada amalga oshirish salohiyatiga ega bo‘lgan yetakchi olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy va ilmiy-pedagogik maktablarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar ilmiy-ijodiy faoliyatini rivojlantirish, tegishli sohalarning texnik va texnologik muammolari banki va institut ilmiy-tadqiqot mavzularining yagona ro‘yxatini takomillashtirish, olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni mazkur muammolar yechimlariga yo‘naltirish, marketing tadqiqotlarini olib borish, tegishli ilmiy va texnik sohalarni prognozlashtirish va doimiy monitoring qilish tizimini ta’minlash maqsadida Universitetda tashkil etilgan.

Loyiha moliyalashtirilganligi haqida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi:

“Yoshlar” telekanalining “Yangi Davr” axborot dasturi https://www.youtube.com/channel/UCoc76vKfH82-zd2W3W8wQwA

O‘zA rasmiy sayti

http://uza.uz/oz/society/140-ming-dollarga-sinkhron-tarzhima-uchun-m-lzhallangan-makh-14-03-2019?sphrase_id=3158992

“Xalq so‘zi” gazetasining rasmiy sayti “xalq so‘zi online”

http://xs.uz/uzkr/post/sharqshunoslik-instituti-140-ming-dollarni-nimaga-sarflamoqchi

Axborot sayti xabar.uz

http://m.xabar.uz/post/sharqshunoslik-universiteti-jahon-banki-grantini-yutib-oldi

Axborot sayti qalampir.uz

http://qalampir.uz/news/jaon-banki-toshkent-davlat-sharshunoslik-institutiga-grant-azhratmoda-921

Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining telegramdagi rasmiy kanali

https://t.me/eduuz/501

Ijtimoiy mas’uliyati doirasida professor-o’qituvchilar, talabalar va ularning ota-onalari o’rtasida tushuntirish ishlari yo’lga qo’yilgan.

Murojaat uchun: mirzajon_kalandarov@tsuos.uz

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga o‘quv laboratoriyalari jihozlarini (raqamli konferensiya va kongress tizimlari (Bosch mahsulotlari) va 2 ta lingafon xona uchun dasturiy ta’minot va texnik vositalar xarid qilindi va TDSHU yangi binosi (Amir Temur-20)da 2 xona jihozlandi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida shuningdek, 6 ta sharq tillari (fors, hind, xitoy, yapon, turk, arab) tillari bo‘yicha professional sinxron tarjimonlar tomonidan shartnoma asosida trening kurslari tashkil etildi.

05.03.2022, 01:43 8431