Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Mehmonxona va xizmat ko‘rsatish mutaxassislari uchun o‘quv kursi

2025-yil 23-may kuni Rishton tumanida mehmonxona xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasi mutaxassislari uchun qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi. Ushbu tashabbus BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida SDG 8 – kasbiy malakani oshirish, sifatli ish o‘rinlarini yaratish va xizmat ko‘rsatish sohasida samaradorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turizm kafedrasi mudiri Ch. Xusanov tomonidan “Xizmat ko‘rsatish standartlari va mijozlar bilan ishlash” mavzusida o‘quv kursi olib borildi. Kursning asosiy maqsadi – zamonaviy xizmat ko‘rsatish talablariga javob beradigan, malakali va mijozga yo‘naltirilgan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati, xalqaro standartlar, kommunikatsiya etikasi hamda mijozlar bilan ishlash usullari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi. Shuningdek, real vaziyatlarda muammolarni hal qilish, mijoz ehtiyojlarini aniqlash va stressli holatlarni boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantirildi.

Kursda Rishton tumanining mehmonxona va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan 200 ga yaqin mutaxassis ishtirok etdi. Bu ularning kasbiy salohiyatini oshirish va xizmat sifatini yaxshilashga xizmat qildi.

Shuningdek, seminar-treninglar doirasida mijozlar bilan samarali muloqot, nizolarni hal etish hamda etnoturizm salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Rishton hududining madaniy merosi va turistik imkoniyatlari xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning muhim omili sifatida ko‘rsatib berildi.

Mazkur o‘quv kursi hududiy turizm va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, professional kadrlar tayyorlash hamda barqaror iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

https://tsuos.uz/en/rishtonda-mexmonxona-sohasi-va-xizmat-korsatish-mutaxassisilari-uchun-qisqa-oquv-kursi-tashkil-etildi/

17.06.2026, 11:53 14

    WordPress Lab Edukul | Online Courses WordPress Theme Edukul – Online Learning & Education Template Kit Edulogy – E-learning and Courses WordPress Theme Eduma - Education WordPress Theme | Education WP EduMall – Professional LMS Education Center WordPress Theme Eduonline – Education & University WordPress Theme Edurock – Education WordPress Theme Edutech – Education WordPress Theme Eduvision – Online Course Multipurpose Education WordPress Theme Effective Lottie Animation Addon For Elementor