Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Mustaqil taʼlim – talabalar bilimini rivojlantirishning muhim omili: Universitetimizda kengaytirilgan oʻquv-uslubiy seminar-trening boʻlib oʻtdi

09.09.2026, 16:48 Yangiliklar 56

9-sentabr kuni universitetimizning asosiy binosining 5-zalida oliy maktab rahbarlari va kafedra mudirlari ishtirokida «Mustaqil taʼlim – talabalar bilimini rivojlantirishning muhim omili» mavzusida kengaytirilgan oʻquv-uslubiy seminar-trening oʻtkazildi.

Unda Toshkentdagi Vebster universiteti Tesol dasturi dotsentlari, Serbiyalik xalqaro ekspert Mariya Kovak , Abdumajidova Dilafruzlar ishtirok etishdi.
Mazkur tadbir talabalarda mustaqil ishlash va izlanish koʻnikmalarini rivojlantirish, darsdan tashqari oʻquv faoliyatini mazmunli yoʻlga qoʻyish hamda ilgʻor tajribalarni oʻzaro almashish maqsadida tashkil etildi. Mavzu doirasida universitetda nashr etilgan maqolalar to’plami nashr etilgan.

Bugungi seminar trening doirasida maqola mualliflariga sertifikatlar taqdim etildi. Seminarning Tadbirning birinchi qismi yalpi shaklda oʻtkazilib, unda mustaqil taʼlimni tashkil etishning umumiy strategiyalari koʻrib chiqildi. Seminar qaroriga ko’ra, barcha kafedralarda mustaqil taʼlimni har bir fan doirasida amaliyotga toʻgʻri joriy qilish masalalari atroflicha ko’rib chiqish vazifasi yuklatildi.