Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU THE Sustainability Impact Ratings 2026 da

29.06.2026, 12:40 Yangiliklar 62

The Times Higher Education Sustainability Impact Ratings  — bu butun dunyo bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM/SDGs)ga muvofiq barqaror rivojlanishga qo‘shayotgan hissasini baholovchi yagona global reytingdir.

2026 yilgi reyting 116 ta mamlakat va hududdan 1 646 ta universitetni qamrab olgan bo‘lib, 17 ta alohida Barqaror rivojlanish maqsadi (SDG) bo‘yicha reyting hamda umumiy (overall) reyting asosida baholangan.

2026-yil 25-iyun sanasida THE tomonidan Impact Ratings natijalari e’lon qilindi. Unda TDSHU THE Sustainability Impact Ratings 2026 bo‘yicha 1001-1500 o‘ringa munosib deb topildi. Maqsadlar bo‘yicha, joriy yil TDSHU umumiy 5 ta maqsad bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi va quyidagi o‘rinlarga ega bo‘ldi.

  • BRM 2: Ochlikka barham berish400–601-o‘rin (2025-yilda: 601–800-o‘rin)
  • BRM 4: Sifatli ta’lim400–601-o‘rin (2025-yilda: 1001–1500-o‘rin)
  • BRM 8: Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish400–601-o‘rin (2025-yilda: 601–800-o‘rin)
  • BRM 16: Tinchlik, adolat va samarali institutlar400–601-o‘rin (2025-yilda: 601–800-o‘rin)
  • BRM 17: Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik1001–1500-o‘rin (2025-yilda: 1500+)