TDSHU THE Sustainability Impact Ratings 2026 da
The Times Higher Education Sustainability Impact Ratings — bu butun dunyo bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM/SDGs)ga muvofiq barqaror rivojlanishga qo‘shayotgan hissasini baholovchi yagona global reytingdir.
2026 yilgi reyting 116 ta mamlakat va hududdan 1 646 ta universitetni qamrab olgan bo‘lib, 17 ta alohida Barqaror rivojlanish maqsadi (SDG) bo‘yicha reyting hamda umumiy (overall) reyting asosida baholangan.
2026-yil 25-iyun sanasida THE tomonidan Impact Ratings natijalari e’lon qilindi. Unda TDSHU THE Sustainability Impact Ratings 2026 bo‘yicha 1001-1500 o‘ringa munosib deb topildi. Maqsadlar bo‘yicha, joriy yil TDSHU umumiy 5 ta maqsad bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi va quyidagi o‘rinlarga ega bo‘ldi.
- BRM 2: Ochlikka barham berish – 400–601-o‘rin (2025-yilda: 601–800-o‘rin)
- BRM 4: Sifatli ta’lim – 400–601-o‘rin (2025-yilda: 1001–1500-o‘rin)
- BRM 8: Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish – 400–601-o‘rin (2025-yilda: 601–800-o‘rin)
- BRM 16: Tinchlik, adolat va samarali institutlar – 400–601-o‘rin (2025-yilda: 601–800-o‘rin)
- BRM 17: Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik – 1001–1500-o‘rin (2025-yilda: 1500+)