Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda akademik Dilorom Yusupova bilan uchrashuv o‘tkazildi

28.09.2026, 16:25 Yangiliklar 81

2026-yil 28-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida sharqshunos-manbashunos olima, tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Dilorom Yusupova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad sharqshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, tarixiy manbalarni o‘rganishning dolzarb masalalari hamda yosh olim va tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish borasida fikr almashishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida sharq mamlakatlari tarixiga oid manbalarni chuqur o‘rganish, ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish va tadqiqot jarayonida zamonaviy ilmiy yondashuvlardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Dilorom Yusupovaning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, sharqshunoslik va manbashunoslik fanlarining rivojiga qo‘shgan ilmiy hissasi hamda tarixiy manbalarni tadqiq etish borasidagi tajribasi uchrashuv ishtirokchilari uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etdi.

Muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, olimaning ilmiy faoliyati va tadqiqot olib borish metodlari yuzasidan qimmatli tavsiyalar oldilar.

Bunday ilmiy uchrashuvlar talaba va yosh tadqiqotchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, sharqshunoslik faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ilmiy izlanishlarga rag‘batlantirishda muhim ahamiyatga ega.