Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “O‘ZBEKISTON TURKSHUNOSLARINING I FORUMI” bo’lib o’tdi

27.04.2024, 17:53 Yangiliklar 189

2024-yilning 27- aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekiston turkshunoslarining I- forumi” bo‘lib o‘tdi.

_MG_0322
Forumda Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston davlatlaridan turkshunoslar olimlar jamlanib, o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

_MG_0399
Tadbirda, shuningdek, davlat arboblari, taniqli shoir va yozuvchilar, soha mutaxassislari qatnashdilar.

_MG_0318

Bu yilgi Forumga 80 dan ortiq maqolalar kelib tushdi. Ular ichidan 45 ta maqola komissiya tomonidan saralanib, to‘plam holida chop etildi. Respublika miqyosida Ilk “O‘zbekiston turkshunoslarining I forumi” tashkil etilgan bo‘lsada, dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan olimlar va tadqiqotchilarning qiziqishlari yuqori bo‘ldi. universitetida “O‘zbekiston turkshunoslarining I forumi” “Tilshunoslik masalalari” va “Turkiy adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va metodika masalalari”  deb nomlangan sho‘balarga bo‘lingan holda, o‘z ishini davom ettirdi.

_MG_0417

 

Forumda ma’ruza qilingan mavzular Turkiyshunoslikining tilshunoslik, adabiyotshunoslik, Turkiy tillar tarixini tadqiq etishning dolzrarb masalalari, Turk va o‘zbek, o‘zbek va turk tillariga tarjima, Turk tili va adabiyoti fanini o‘qitish masalalari, Turkshunoslarning yangi avlodini tarbiyalash jarayonidagi muammo va yechimlar kabi turli masalalarni o‘z ichiga qamraydi. Forum yangi nazariy qarashlar bilan to‘yingan ilmiy ma’ruzalar va qizg‘in bahs-munozalarga boy bo‘ldi.

_MG_0390

 

_MG_0424

_MG_0409

_MG_0386

_MG_0326