Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUga Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi tashrifi

25.06.2022, 08:43 Yangiliklar 1465

2022-yil 24-iyun kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Fujiyama Yoshinori janoblari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrifi buyurdi. Janob elchi tomonidan universitetimizda olib borilayotgan ishlar O‘zbekiston Respublikasida yaponshunoslikni rivojlantirishdagi yetakchi roli ta’kidlab o‘tildi.

photo_2022-06-25_08-38-28
Shuningdek, uchrashuvda yaponshunoslik sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, ikki mamlakat talabalari o‘rtasida yosh olimlar forumlarini tashkil etish, ikki davlat universitetlari o‘qituvchilari o‘rtasida almashinuvni davom ettirish, ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni kengaytirish, shu bilan birga Yaponiya iqtisodi, tarixi va siyosati yo‘nalishlari bo‘yicha yaponiyalik professor-o‘qituvchilarining turkum ma’ruzalarini universitetda tashkil etish takliflari bildirildi.

photo_2022-06-25_08-38-15
Uchrashuv so‘nggida elchi janoblariga universitetimizda yangi va ta’mirlangan o‘quv binolari tanishtirildi. Janob elchi tomonidan universitetda amalga oshirilgan ishlar chuqur taassurot qoldirgani e’tirof etilib, yaponshunoslik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida elchixona tomonidan har qanday ko‘mak berilishiga tayyor ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

photo_2022-06-25_08-38-42

photo_2022-06-25_08-38-00

photo_2022-06-25_08-38-06