Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonidan Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida turizm va servis sohasi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi
2026-yilning 27–30 iyun kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turizm kafedrasi mudiri Ch. Xusanov tomonidan Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida faoliyat yuritayotgan turizm va servis sohasi korxonalari xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘quv kurslari hamda seminar-treninglar tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kurslarining asosiy maqsadi turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda hududlarning turistik jozibadorligini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Seminar-treninglar davomida tinglovchilarga “Xizmat ko‘rsatish sohasida xodimlarning professional imidjini shakllantirish omillari va mexanizmlari”, “Xizmat sifati va mijoz qoniqishini oshirish usullari”, “Turizmda onlayn targ‘ibot, reklama va mijozlar bilan ishlash”, “Mahalliy madaniy meros asosida mehmonxona xizmatlarini rivojlantirish” hamda “Gidlik faoliyati asoslari va mijoz bilan ishlash ko‘nikmalari” mavzulari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.
O‘quv mashg‘ulotlari interaktiv usullarda tashkil etilib, ishtirokchilar tajriba almashish va muhokama jarayonlarida faol qatnashdilar. Seminar-treninglar va o ‘quv kurslari yakunida tinglovchilarga Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining maxsus sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi
.Mazkur malaka oshirish kurslari hududlarda turizm va servis xizmatlari sifatini yanada takomillashtirish, malakali kadrlar salohiyatini oshirish hamda mahalliy turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.




