Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yevroosiyo yoshlik maktabi

08.04.2021, 20:10 E'lonlar 2500

Bu loyiha Yevroosiyo yoshlik maktabi tomonidan 2021-yilda o‘z faoliyatini boshlayotgan, Yevroosiyo davlatlarida turli universitetlar, institutlar, litseylar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ta’lim dasturidir.

Tashkilotchi:

Turkiya Respublikasining Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi (Turk burslari)

Maqsad:

Yevroosiyo davlatlarida yashayotgan qardosh jamiyatlar litself va universitet o‘quvchi va talabalari uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash va o‘z mamlakatlarining Turkiya bilan bo‘lgan aloqalarini har sohada rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishdir.

Mo‘ljal:

Yevroosiyo yoshlik maktabi dasturi orqali Yevroosiyo mamlakatlaridagi muvaffaqiyatli va qobiliyatli litsey va universitet yoshlarini aniqlash, ularning shaxsiy, madaniy, kasbiy va intellektual rivojlanishiga hissa qo‘shish, Turkiya haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lish hamda dasturda ishtirok etadigan yoshlarning tanishish va do‘stlashish muhitini yaratishga mo‘ljallangan.

Qamrov doirasi va tarkibi:

Dastur asosida tegishli davlatlar va Turkiyaning akademik bilimlar va intellektual ziyolilar ishtirokida, tarix, xalqaro aloqalar, sosiologiya, falsafa, psixologiya kabi ijtimoiy sohalar bilan madaniyat, san’at va intellektual rivojlanish sohalarida seminar, o‘quv dasturlari, konferensiyalar, kitob o‘qish, film tomosha qilish, konsertlar va ko‘rgazmalar o‘tkazish va Turkiyaga madaniy sayohatlar uyushtirish mo‘ljallangan.

Tadbiq qilinadigan joy:

Yevroosiyo yoshlik maktabi dasturi doirasida amalga oshiriladigan ta’lim, seminar, konferensiya, master-klasslar, kitobxonlik va kino klublari faoliyatlarini O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyada tashkil qilish, madaniy sayohat dasturlarini esa Turkiyada amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Ishtirokchi tashkilotlar:

TDSHU;

Ahmad Yassaviy Xalqaro turk-qozoq universiteti;

Xalqaro Qozog‘iston-Turkiya litseyi;

Qozon federal universiteti;

 

Mo‘ljallangan jamoa/auditoriyasi:

O‘zbekistonda bakalavr va magistr talabalari;

Qozog‘istonda litsey, bakalavr va magistr talabalari;

Qirg‘izistonda bakalavr va magistr talabalari;

Rossiyada bakalavr va magistr talabalari uchun tadbiq etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Davomiylik:

Yevroosiyo yoshlik maktabi dasturi 2021-yilning may oyining birinchi haftasidan boshlanadi. Mazkur dastur 3 oyga mo‘ljallangan. Dastur so‘ngida amalga oshirish rejalashtirilgan Turkiya sayohati esa hamma mamlakatlar talabalari va o‘quvchilari uchun bir xil vaqtda amalga oshiriladi va har bir mamlakatdan kelgan talabalarning Turkiyada 1 hafta davomida bo‘lishlari rejalashtirilmoqda. Safar bilan bog‘liq xarajatlar Turkiya tomonidan qoplanadi.

 

Tanlovda ishtirok etish tartibi:

Yevroosiyo yoshlik maktabi dasturi doirasida TDSHU talabalari joriy yilning 23-apreliga qadar quyida keltirilgan link bo‘yicha o‘z hujjatlarini Turk Burslari tashkilotiga taqdim qiladi:

https://forms.office.com/pages/responsepage.aspx?id=AVnxjr51_EO8fhsyFhfeARmrvp5oLYdBouk0hKO10ylUN0hKM0JPSDZXVVdGWjIyTVRRQUxQRTVMRC4u

Taqdim etilgan hujjatlar Turk Burslari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda TDSHUdan 30 nafar talabaning hujjatlari tanlab olinadi va mazkur kursda ishtirok etishi belgilanadi. O‘quv kursi turk tilida olib boriladi va uning yakunida 30 nafardan 10 nafar talaba Turk Burslari tomonidan tanlanib, Turkiyaga yozgi ta’til paytida madaniy safarga grant asosida 1 haftaga yuboriladilar. Madaniy safar amalga oshirilish yoki oshirilmasligi Turkiya va O‘zbekistonda safar chog‘idagi koronavirus pandemiyasi vaziyatidan kelib chiqgan holda belgilanadi.