Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

DIQQAT!DIQQAT! TALABALIKKA TAVSIYA ETILGAN ABITURIENTLARDAN QUYIDAGI HUJJATLARNI TAQDIM ETISHLARI SO‘RALADI👇🏻

05.09.2021, 11:02 E'lonlar 4277

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIGA DAVLAT TEST MARKAZI RASMIY QAYDNOMALARI ASOSIDA 2021-2022-O‘QUV YILIGA  DAVLAT GRANTI YOKI TO‘LOV-SHARTNOMA ASOSIDA TALABALIKKA TAVSIYA ETILGAN ABITURIENTLARDAN QUYIDAGI HUJJATLARNI TEGISHLI FAKULTETLARDAGI ISHCHI GURUHLARGA 2021-YILNING 6 SENYABRIDAN 11 SENTYABRIGA QADAR(SHU KUNI HAM)  SHAXSAN TAQDIM ETISHLARI SO‘RALADI:

1.Umumiy o‘rta ta’lim maktabi(11-sinf negizida) attestasi yoki litsey/kollej diplomining asl nusxasi (ilovasi bilan);

2. Pasportdan 6 nusxa(asl nusxasi ham ko‘rsatiladi);

3. 3.5 x 4.5 sm o‘lchamdagi 8 dona rangli fotosurat (oq fonda);

4.Harbiy bilet yoki harbiy ro‘yxatga olish guvohnomasi nusxasi

( hujjatning asl nusxasi ham ko‘rsatiladi)

5. Imtiyoz asosida kirgan bo‘lsa imtiyoz haqidagi hujjatning asl nusxasi (xorijiy til bilish sertifikati, harbiy qism tavsiyanomasi, xotin–qizlar tavsiyanomasi, nogironlik tibbiy ma’lumotnomasi,  chin yetimlik ma’lumotnomasi, boquvchisini yo‘qotganlik ma’lumotnomasi)

6.A5 o‘lchamidagi konvert

7. Hujjatjild (skoroshsivatel)

TO‘LOV-SHARTNOMA ASOSIDA TALABALIKKA TAVSIYA ETILGAN ABITURIENTLAR DIQQATIGA!!!

To‘lov–shartnomalar ishchi guruhlari tomonidan rasmiylashtiriladi. To‘lov–shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar shartnomani rasmiylashtirish uchun universitetga tashrif buyurganlarida shartnomaning qaysi turini rasmiylashtirishni oila a’zolari bilan maslahatlashgan holda aniqlashtirib kelishlari so‘raladi. To‘lov–shartnoma asosida mutaxassis tayyorlash uchun abiturient va universitet o‘rtasida tuziladigan shartnomaning 3 turi mavjud.

1. Ikki tomonlama shartnoma – agar abiturient naqd, plastik kartochka yoki ta’lim krediti asosida shartnoma pulini to‘lamoqchi bo‘lsa;
2. Uch tomonlama shartnoma – agar abiturient korxona, tashkilot va muassasalar yoki boshqa yuridik shaxslar orqali pul ko‘chirish yo‘li orqali shartnoma pulini to‘lamoqchi bo‘lsa;
3. Uch tomonlama shartnoma – agar abiturient ota–onasi yoki o‘zining ish haqi asosida shartnoma pulini to‘lamoqchi bo‘lsa;

DAVLAT  TEST MARKAZINING RASMIY QAYDNOMALARI BILAN QUYIDAGI HAVOLALAR ORQALI TANISHISHINGIZ MUMKIN:👇🏻

https://tsuos.uz/qabul-natijalari

Kechki ta’lim uchun👇🏻
https://tsuos.uz/kechki-talim