Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

BARQAROR RIVOJLANISH YO‘LIDA XALQARO ILMIY HAMKORLIK

16.10.2026, 14:15 Yangiliklar 54

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Barqaror iqtisodiy rivojlanish ilmiy markazi rahbari S.S. Gaziyeva Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida o‘tkazilayotgan “Barqaror turizm va madaniy meros” xalqaro konferensiyasida ilmiy maqolasi va ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

S.S. Gaziyeva o‘z ma’ruzasida turizmni barqaror iqtisodiy rivojlanishning muhim omillaridan biri sifatida yoritib, turizm sohasining iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, hududlarni rivojlantirish, madaniy merosni asrab-avaylash hamda aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, turizmni rivojlantirishda iqtisodiy manfaat, ijtimoiy farovonlik va ekologik barqarorlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, turistik resurslardan oqilona foydalanish va kelajak avlodlar uchun madaniy hamda tabiiy merosni saqlab qolish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur ilmiy ishtirok BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, SDG 8 — munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish, SDG 11 — barqaror shaharlar va aholi punktlari, SDG 12 — mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish hamda SDG 17 — maqsadlar yo‘lida hamkorlik bilan uzviy bog‘liqdir.

Xalqaro konferensiyadagi ishtirok Barqaror iqtisodiy rivojlanish ilmiy markazining xalqaro ilmiy hamkorligini kengaytirish, barqaror rivojlanish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish va kelgusida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.