Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Biz yoshlar – korrupsiyaga qarshimiz”

11.12.2018, 15:34 Yangiliklar 18119

“9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati va muhtaram Prezidentimizning joriy yilning 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda so‘zlagan nutqida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquqi masalalari qo‘mita raisi Matmuratov Botir Djoldasovich hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi Kreminalogiya kafedrasi professori, polkovnik Qobilov Sharif Raximovich ishtirokida Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 2018-yil 11-dekabr kuni institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari uchun “Biz yoshlar – korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Korrupsiya davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf, eng yomon illatlardan biri bo‘lib, tadbirda so‘zga chiqqanlar korrupsiyaga qarshi qat’iyat bilan kurashish taraqqiyotimizning muhim omillaridan biri ekanligini ta’kidladilar. Bu o‘rinda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini ta’minlash muhimligi qayd etildi. Bu o‘rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shart” degan sozlari muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shuningdek, mazkur muammoga qarshi kurashish samaradorligini oshirishda ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutishini qayd etilib, bu borada o‘zaro ijtimoiy hamkorlikni, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik natijalari xususida atroflicha ma’lumot berildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

IMG_2448IMG_2460 IMG_2467 IMG_2478 IMG_2487