Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Dunyoning TOP-30 reytingidan o‘rin olgan nufuzli universitet vakillari bilan TDSHU xitoyshunoslari uchrashuvi tashkil etildi

30.10.2026, 15:44 Yangiliklar 39

2026-yil 30-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida xalqaro umumiy reytingda 26-o‘rinda, XXR Milliy reytingida 3-o‘rinda turadigan Fudan universiteti vakilari bilan universitetimiz xitoyshunos professor-o‘qituvchilari, sohada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan doktorantlar, magistr hamda talaba-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor Soadat Nasirova, fakultet dekanlari, tegishli kafedra mudirlari, Fudan universiteti Xorijiy tillar va adabiyot instituti, partiya qo‘mitasi raisi, professor Syue Xaysya (Xue Haixia), Rus tili fakulteti dotsenti Li Sinmey, professor Li Chjenxua, Tarjimashunoslik fakulteti professori Szin Xayna, Ingliz tili fakulteti dotsenti Sin Venszyuan, xalqaro dasturlar koordinator Sya Peyyaolar qatnashdi.

Uchrashuv mehmonlarning qisqa ma’ruzalaridan so‘ng, savol-javob tarzida davom ettirildi.  Ilmiy tadqiqotchilar, magistrlarning ikki universitetlar o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlash, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik almashinuvi haqidagi savollariga batafsil javob berildi. Uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirdi.