Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Karyera rivojida kuchli tomonlarni aniqlash

TDSHU Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti bitiruvchi kurs talabalari uchun tashkil etilgan “Karyera rivojida kuchli tomonlarni aniqlash, rezyume tuzish va kompaniyalarga moslashish ko‘nikmalari” mavzusidagi ikki kunlik seminar-treningning ikkinchi — amaliyot kuni bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida ish beruvchi va ishga kiruvchi nomzod o‘rtasidagi suhbat (intervyu) jarayonining simulyatsiyasi tashkil etilib, talabalar real ish muhitiga yaqin sharoitda o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Spiker — xalqaro HR mediator Yulduzxon Tuychiyeva tomonidan ishtirokchilarning kuchli va kuchsiz tomonlari aniqlanib, ularni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlangan rezyumelar tahlil qilinib, ularning mazmuni va dizayni yuzasidan individual fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Mazkur seminar-trening SDG 8 – Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish maqsadlariga mos ravishda tashkil etilib, talabalarni mehnat bozoriga tayyorlash, ularning bandlik darajasini oshirish va kasbiy raqobatbardoshligini kuchaytirishga qaratildi. Tadbir orqali ishtirokchilarda amaliy ko‘nikmalar, xususan, samarali muloqot, o‘zini taqdim etish, ish suhbatidan muvaffaqiyatli o‘tish kabi muhim kompetensiyalar shakllantirildi.

Natijada, ushbu tashabbus yoshlarning munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shuvchi malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qildi.

17.06.2026, 11:14 44