“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri
2025-yil 26-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Ushbu tashabbus BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida SDG 8 – yoshlarning kasbiy yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish, inson kapitalini rivojlantirish va kelajakda mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Tadbirga Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur, Yangi Hayot va Chilonzor tumanlaridan, shuningdek TDSHU akademik litseyi hamda TATU akademik litseyining bitiruvchi sinf o‘quvchilari va o‘qituvchilari tashrif buyurdilar.
Universitetning institut va fakultetlari tomonidan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar hamda kasbiy imkoniyatlar haqida taqdimotlar, ko‘rgazma materiallari va videoroliklar namoyish etildi. 50 dan ortiq umumta’lim maktablaridan kelgan o‘quvchilar universitetdagi ta’lim jarayoni, zamonaviy kasblar va kelajakdagi mehnat imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Mazkur tadbir yoshlarning kasb tanlash jarayonini qo‘llab-quvvatlash, ularni oliy ta’limga jalb qilish hamda mehnat bozoriga tayyor, malakali kadrlar sifatida shakllanishiga xizmat qildi.
