Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Kasb bo‘yicha amaliyot

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi katta o‘qituvchilari A.M. Salixova va F.V. Azizova tomonidan malakaviy amaliyot o‘tayotgan talabalar faoliyati o‘rganildi. Ushbu tashrif BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida SDG 8 – yoshlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, mehnat bozoriga tayyorlash va sifatli amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Tashrif davomida Toshkent shahar hokimiyatida amaliyot o‘tayotgan talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning amaliyot jarayonidagi faoliyati hamda qo‘yilgan kasbiy talablar o‘rganildi. Bu jarayon talabalarning real ish muhitiga moslashuvi va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.

Mazkur amaliyot jarayoni talabalarni davlat boshqaruvi tizimi bilan tanishtirish, ularning kasbiy malakasini oshirish hamda kelgusida munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishiga zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

17.06.2026, 11:46 42