Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Chet elda tahsil olish, doktorlik darajasi va Malayziyadagi ta’limning afzalliklari hamda kamchiliklari” mavzusida seminar

TDSHU huzurida faoliyat yuritayotgan “Xalqaro Grantlar va Karyera Rivoji” Akademiyasi tomonidan navbatdagi bir kunlik seminar-trening tashkil etildi. Seminar “Chet elda tahsil olish, doktorlik darajasi va Malayziyadagi ta’limning afzalliklari hamda kamchiliklari” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda ma’ruzachi sifatida Toshkent shahridagi Inha universiteti Ilmiy tadqiqotlar va magistratura bo‘limi boshlig‘i, Universiti Sains Malaysia universitetida oliy ta’limning xalqarolashuvi yo‘nalishi bo‘yicha PhD dasturi bitiruvchisi hamda TDSHU bitiruvchisi Bobir Muratov ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga Malayziyada ta’lim olishning real afzallik va kamchiliklari, PhD va magistratura grantlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, shuningdek, chet elda o‘qish jarayonidagi muhim bosqichlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ma’ruzachi o‘zining shaxsiy tajribasi asosida ishtirokchilarga aniq yo‘l xaritasi va zarur tavsiyalarni taqdim etdi. Tadbir 10-dekabr kuni soat 15:00 da TDSHU asosiy binosi 5-auditoriyada bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar-trening SDG 4 – Sifatli ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan muhim ommaviy tadbir sifatida tashkil etildi. Ushbu tashabbus orqali talabalar va yosh tadqiqotchilarning xalqaro ta’lim imkoniyatlari haqidagi xabardorligini oshirish, ularni xorijiy grant va stipendiya dasturlarida ishtirok etishga tayyorlash hamda akademik mobillikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Seminar natijasida ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlanib, ularning global ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi va raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishiga xizmat qilindi.

 

17.06.2026, 12:32 41

    WordPress Lab Mag4u – Responsive WordPress News, Magazine, Blog Magazinify | News Addon for Elementor Page Builder Maggz – Viral Magazine Theme Magic Answers plugin Magic SEO – Automatic WordPress SEO MagiCards – decks of cards to shuffle | WP plugin Magine – Business Blog WordPress Theme Magnar – Elementor Agency WordPress Theme MAGNET – Creative Business WordPress Theme Magnis – Corporate Multipurpose WordPress Theme