Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU jamoasi Boysunda: maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

TDSHU jamoasi Boysunda: maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ–135-son qaroriga muvofiq May 4, 2025 kuniToshkent davlat sharqshunoslik universitetiga biriktirilgan Boysun tumanining turistik salohiyatini oshirish, shuningdek, hudud yoshlari orasida oliy ta’limga qiziqishni kuchaytirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tashrif doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turizm kafedrasi mudiri Chori Xusanov boshchiligida universitetning iqtidorli, faol va jamoatchi talabalari Boysun tumanidagi 1-, 2-, 6- hamda 47-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, ushbu maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida kafedra mudiri Chori Xusanov universitet faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga yaratilgan sharoitlar, xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlari hamda xalqaro hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, universitetning Yoshlar yetakchisi Komiljon Suyarov so‘zga chiqib, TDSHUda talabalar ishtirokida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, festivallar, tanlovlar va ijtimoiy loyihalar, shuningdek, moddiy rag‘batlantirish tizimi va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuvda universitetning Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi dotsenti Bobir Odilov ham qatnashib, o‘quvchi yoshlarga TDSHU tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Etnotravel” loyihasi, uning mazmun-mohiyati va yoshlar uchun ochilayotgan yangi imkoniyatlar xususida keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etdi.

Tadbir davomida maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va barcha savollariga atroflicha javob oldilar. Uchrashuv ishtirokchilari bilan erkin muloqot va samimiy suhbatlar maktab bitiruvchilarida oliy ta’limga bo‘lgan ishonchni mustahkamladi hamda ularda ijobiy ruh va motivatsiya uyg‘otdi.

18.06.2026, 13:17 26

    WordPress Lab Pandoora – Horoscope & Astrology Elementor Template Kit PanelPal for Elementor – Manage Widgets and Categories PanMail – WooCommerce Email Customizer Panola : Resort and Hotel WordPress Theme Paper Plane – Modern WordPress Blog Theme Paper Plane – Modern WordPress Blog Theme Paper Plane – Modern WordPress Blog Theme Paperio – Responsive and Multipurpose WordPress Blog Theme PaperMag – NewsPaper Magazine WordPress Theme Papr – Newspaper News WordPress Theme