Erasmus+ ICM dasturi doirasida Leyden universitetida ma’ruza o‘tkazildi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va germenevtika kafedrasi dotsenti, Omonova Maxfurat Niderlandiyaning nufuzli Leyden universitetida Erasmus+ ICM akademik mobillik dasturi doirasida sufiylik merosiga bag‘ishlangan ma’ruza o‘tkazdi.

Ma’ruzada Markaziy Osiyoda sufiylik ta’limotining shakllanishi va rivojlanishi, uning mintaqa ma’naviy-falsafiy hayotidagi o‘rni, buyuk mutasavviflar merosi hamda sufiylik g‘oyalarining bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Ma’ruza Leyden universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun Markaziy Osiyoning boy ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishish, shuningdek, Sharq falsafasi va sufiylik an’analari yuzasidan fikr almashish imkonini berdi.
Mazkur akademik uchrashuv O‘zbekiston va Niderlandiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash va Markaziy Osiyo ilmiy-ma’naviy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etish yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.