Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Koreyashunoslik oliy maktabi dotsenti Buyuk Britaniyaning yetakchi tadqiqot universitetlaridan biri boʻlgan Sheffield Universitetida maʼruza bilan ishtirok etdi

04.07.2026, 10:46 Yangiliklar 54

2026-yil 1–3-iyul kunlari Buyuk Britaniyaning University of Sheffield universitetida The 24th Meeting of the International Circle of Korean Linguistics (ICKL 2026) xalqaro ilmiy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiya International Circle of Korean Linguistics (ICKL) tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan tashkil etildi hamda dunyoning turli mamlakatlaridan koreys tilshunosligi sohasidagi yetakchi olimlar, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilarni bir maydonga jamladi. Konferensiyaning asosiy mavzusi «Variation and Diversity in Korean Linguistics» («Koreys tilshunosligida variativlik va xilma-xillik») boʻldi.

Konferensiya Buyuk Britaniyaning yetakchi tadqiqot universitetlaridan biri boʻlgan University of Sheffieldda boʻlib oʻtdi. Universitet Russell Group aʼzosi boʻlib, QS World University Rankings 2026 reytingida dunyoda 92-oʻrinni egallagan.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik oliy maktabi dotsenti, PhD Yunusova Gulshoda Dilshadovna konferensiyaning Sociolinguistics & Discourse III seksiyasida «A Comparative Study of Desire and Wish Expressions in Korean and Uzbek» («Koreys va oʻzbek tillarida xohish va istak ifodalarining qiyosiy tadqiqi») mavzusidagi ilmiy maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Konferensiya dasturidan pragmatika, sotsiolingvistika, semantika, korpus lingvistikasi, fonetika, fonologiya, sintaksis, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), kompyuter lingvistikasi, psixolingvistika hamda til oʻqitish metodikasi kabi zamonaviy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy maʼruzalar oʻrin oldi. Uch kun davomida yalpi maʼruzalar (keynote lectures), ogʻzaki maʼruzalar, poster sessiyalari va ilmiy muhokamalar tashkil etildi.