Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Ochlikka barham berish” maqsadi bo‘yicha o‘tkazilgan sayyor dars

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti BRM 2 – “Ochlikka barham berish” maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash hamda talabalarning oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘lom ovqatlanish va oziq-ovqat madaniyati haqidagi bilimlarini oshirish maqsadida muntazam ravishda ta’limiy va madaniy tadbirlarni tashkil etadi.

2025-yil 12-dekabr kuni Eronshunoslik va afg‘onshunoslik oliy maktabi katta o‘qituvchilari Aziza Nishanbayeva va Muhammadrizo Asloniy rahbarligida 2-kurs fors-ingliz (rus) guruhi talabalari ishtirokida BRM 2 – “Ochlikka barham berish” mavzusiga bag‘ishlangan sayyor dars o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar Eron milliy taomlari, oziq-ovqat mahsulotlari va oshxona an’analari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular taom tayyorlash jarayonida qo‘llaniladigan terminologiyani o‘rganib, oziq-ovqat tayyorlash ko‘nikmalarini mustahkamladilar. Amaliy mashg‘ulot doirasida talabalar an’anaviy Eron taomi “Zereshk po‘lou bo mo‘rg‘”, shuningdek za’faronli va dolchinli choy tayyorladilar.

Mazkur tadbir talabalarda oziq-ovqat madaniyati, sog‘lom ovqatlanish va turli xalqlarning gastronomik merosiga nisbatan qiziqishni oshirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlaridan oqilona foydalanish, ovqat tayyorlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda universitet jamoasi o‘rtasida hamkorlik va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga hissa qo‘shdi.

Bunday tashabbuslar universitetning talaba va xodimlar o‘rtasida oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘lom turmush tarzi va oziqlanish madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan keng qamrovli faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

17.09.2026, 10:46 14