O‘zbekiston – Janubiy Koreya Xalqaro Talabalar Yarmarkasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 29-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston – Janubiy Koreya Xalqaro Talabalar Yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada Janubiy Koreyaning yetakchi 11 ta universiteti ishtirok etib, talabalar va yoshlar uchun ta’lim imkoniyatlari, grant dasturlari hamda xalqaro almashinuv loyihalari haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.
Shuningdek, Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi bosh konsuli Hyun Mi Ju, Gyeongsangbuk-do viloyati Hududiy rivojlanish boshqarmasi direktori Lee Sangsu janoblari hamda Koreayaning yetakchi oliy ta’lim muassalari vakillari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar bakalavriat va magistratura dasturlari, qabul talablari va viza jarayonlari, stipendiya imkoniyatlari, individual konsultatsiyalar hamda interaktiv faoliyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Yarmarka talabalarga Janubiy Koreyada ta’lim olish bo‘yicha muhim tavsiyalar va xalqaro akademik hamkorlik imkoniyatlari haqida kengroq ma’lumot olish imkonini berdi






































