Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida «Kitobxonlik soati» doirasida tadbir o‘tkazildi

08.10.2026, 10:16 Yangiliklar 49

Joriy yilning 7-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligining «Kitobxonlik soati» loyihasi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining bir qator mas’ul xodimlari hamda talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida TDSHU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), shoir Rustam Mirvohid o‘zbek tilining qadimiyligi, boyligi va o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritib, milliy adabiyotimiz durdonalaridan namunalar o‘qidi hamda ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, vazirlik xodimlari o‘rtasida adabiyot mavzusida «Bilimlar bellashuvi» tashkil etildi. Bellashuv yakunlariga ko‘ra, g‘oliblar TDSHU mas’ul xodimlari tomonidan munosib taqdirlandi.

Tadbir kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni boyitishga xizmat qildi.