Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Qarşi davlat universitetining “Qaşqadaryo tajribasi” örganilmoqda

03.11.2026, 16:00 Yangiliklar 53

Joriy yilning 21-oktyabr kuni davlatimiz rahbarining Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida oliy ta’lim taşkilotlari faoliyatini raqamlaştiriş hamda öquv jarayoni, talabalar bandligi, infratuzilma va universitet–sanoat hamkorligini taşkil etişning Qarşi davlat universitetida şakllangan samarali amaliyoti ya’ni, “Qaşqadaryo tajribasi”ni respublikaning barça oliy taʼlim muassasalarida foydalaniş tavsiya etilgandi. Ayni damlarda QarDUda uşbu masala böyiça respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari xizmat safarida bölib turibdi.
Mazkur tadbirda Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti rektori, professor S.A. Nasirova hamda öquv işlari böyiça prorektor Z.I. Alimovlar iştirok etişmoqda. Tadbir kun tartibidan oliy ta’lim tizimini tubdan takomillaştirişga qaratilgan bir qator dolzarb masalalar örin olgan. Xususan, seminar davomida Qarşi davlat universitetida şakllangan va bugungi kunda özining ijobiy natijalarini körsatayotgan quyidagi yönalişlar böyiça samarali amaliyot — “Qaşqadaryo tajribasi” atrofliça örganilmoqda:
-Öquv va boşqaruv jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iyi intellektni keng joriy etiş;
-Xalqaro standartlar asosida ta’lim sifatini oşiriş va ilğor pedagogik texnologiyalardan foydalaniş;
-Bitiruvçi mutaxassislarning munosib iş bilan band bölişi, talaba-yoşlarning böş vaqtlarida daromad manbaiga ega bölişlari uçun tizimli şart-şaroitlar yaratiş;
-Universitetning moddiy-texnik bazasini zamon talablariga mos ravişda yangilaş;
– Ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini yölga qöyiş orqali bitiruvçilarning töğridan-töğri iş bilan ta’minlanişiga erişiş. Anjuman oliy ta’lim muassasalarining özaro tajriba almaşişida muloqot maydoni vazifasini ötamoqda.