“Sharq mamlakatlaridagi tarixiy jarayonlar va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” mavzusidagi XII Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
TDSHU Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi tomonidan “Sharq mamlakatlaridagi tarixiy jarayonlar va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” mavzusidagi XII Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyada respublikamizning turli oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda magistrantlar ishtirok etib, Sharq mamlakatlari tarixini o‘rganishning zamonaviy metodologiyalari, tarixiy jarayonlarning bugungi geosiyosiy va madaniy jarayonlar bilan bog‘liqligi yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, konferensiya doirasida taniqli sharqshunos olim, professor Temur G‘iyosov tavalludining 95 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonda Hindiston tarixi, madaniyati va xalqaro munosabatlarini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati hamda ma’ruzalar tashkil etildi. Tadbir davomida professor Temur G‘iyosovning mamlakatimiz sharqshunoslik ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, Hindistonshunoslik maktabini shakllantirishdagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.
Konferensiya yakunida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash va Sharq mamlakatlari tarixini chuqur o‘rganishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.
























