Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Sharq xalqlari folklori – milliy qadriyatlar in’ikosi” mavzusidagi xalqaro konferensiya o’tlazildi

16.10.2021, 22:31 Yangiliklar 1517

←O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi” va “Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik” kafedrasi tomonidan “Sharq xalqlari folklori – milliy qadriyatlar in’ikosi” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Ushbu anjuman doirasida TDShU professor- o‘qituvchilari, jahondagi folklorshunoslik sohasi bo‘yicha Turkiya, Rossiya, Hindiston, Koreya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston kabi mamlakatlardan mutaxassislar, Respublikamiz ilmiy tadqiqot markazlari mutaxassislari, taniqli folklorshunoslar qatnashdilar. O‘zaro tajriba va fikrlar  almashildi, ular o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlandi. Konferensiya doirasida folklorshunoslikning dolzarb muammolari xususida ilmiy bahslar va davra suhbatlari tashkil etildi. Anjuman natijasi sifatida to‘plam nashr qilindi. To‘plamdan o‘zbek, turk, arab, yapon, hind, afg‘on, eron, xitoy, koreys, indonez, ozarbayjon, qozoq folkloriga oid maqolalar o‘rin olgan.