Shoislom Shomuhamedov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “Yosh sharqshunoslarning X Forumi”
2026-yil 16-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Shoislom Shomuhamedov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “Yosh sharqshunoslarning X Forumi” bo’lib o’tdi.
Forumni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva ochib berdi. Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori Saidakbar Аgzamxodjayev va Zohidullo Munavvarovlar, Shoislim Shomuhammedovning farzandlari – Zamira Shomuhamedovalar ishtirok etdi.
Shuningdek Forumda Suyima G‘aniyeva maxsus stipendiyasiga loyiq deb topilgan quyidagi talabalarga Guvohnomalar topshirildi; Toshtemirova Shohsanam Sherali qizi, Mirsaidova Ozoda Nazirjon qizi, Azimqulova Mohinur Ulug’bek qizi, O‘rolova Marjona Murodilla qizi hamda Sambo kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati faxrli 1-o‘rinni egallagan Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti 1-kurs talabasi Kurbanov Saddam Anvarovich universiteti rektori tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Mazkur ilmiy anjuman doirasida “Tilshunoslik”, “Adabiyotshunoslik”, “Tarix va falsafa”, “Xalqaro munosabatlar” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha yosh tadqiqotchilar o‘z ma’ruzalari bilan sho’balarda ishtirok etdi.










































