Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Xorijiy talabalar uchun xizmatlar

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘limi xorijiy talabalarni universitetga qabul qilish, ularning O‘zbekistonda ta’lim olishi va yashashi bilan bog‘liq tashkiliy jarayonlarni muvofiqlashtiradi hamda universitetning xalqaro talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlari to‘g‘risida axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi.

  • xorijiy fuqarolarni universitetga qabul qilish tartibi hamda “Study in Uzbekistan” platformasi haqida ma’lumot berish;
  • bakalavriat, magistratura va boshqa ta’lim dasturlari bo‘yicha axborot taqdim etish;
  • qabul talablari, zarur hujjatlar va muddatlar bo‘yicha maslahat berish;
  • xorijiy abituriyentlarning murojaatlarini qabul qilish va tegishli universitet bo‘linmalariga yo‘naltirish;
  • yangi xorijiy talabalar uchun Orientation / Welcome Session tashkil etish;
  • universitetning ichki tartib-qoidalari va xizmatlari bilan tanishtirish;
  • O‘zbekistonda kundalik hayot, transport, bank, aloqa va boshqa amaliy masalalar bo‘yicha zarur axborotni taqdim etish.
  • fakultet va kafedralar bilan aloqa o‘rnatishda ko‘maklashish;
  • akademik ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarni olish tartibi bo‘yicha yo‘naltirish;
  • xorijiy talabalar murojaatlarini qabul qilish;
  • ularning tashkiliy va ma’muriy masalalarini tegishli universitet bo‘linmalariga yo‘naltirish;
  • akademik almashinuv dasturlari haqida ma’lumot berish;
  • xalqaro stipendiya va grant imkoniyatlari haqida axborot taqdim etish;
  • universitetning hamkor xorijiy tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlar haqida ma’lumot berish.
  • xorijiy bitiruvchilarni Alumni Network dasturiga integratsiya qilish.
  • o‘qish joyidan ingliz tilida ma’lumotnoma berish;
  • turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari (mahalliy va xorijiy universitetlar bilan) bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish;
  • xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
  • xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
  • xorijlik talabalarga to‘lov-shartnomalarini taqdim etish;
  • xorijlik talabalarni O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish xizmatlarini amalga oshirish;
  • xorijiy tillarni o‘rganish kurslari haqida ma’lumot berish;
  • O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasi bo‘yicha ma’lumot berish;
  • taklifnoma va viza bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini muvofiqlashtirish;
  • vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish masalalari bo‘yicha ko‘maklashish;
  • viza va migratsiya hujjatlarining amal qilish muddatlari bo‘yicha talabalarni xabardor qilish.

18.09.2026, 16:40 1480