Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU dotsent Shavkat Ikromov Kembrij universitetidagi nufuzli xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

24.07.2026, 15:23 Yangiliklar 178

2026-yil 21–23-iyul kunlari Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida Ko‘rfaz mintaqasining tarixi va zamonaviy rivojlanish xususiyatlariga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro ilmiy anjuman — Gulf Research Meeting (GRM 2026) bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning ochilish marosimida Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon Ol Saud ishtirok etib, xalqaro hamkorlik, mintaqaviy taraqqiyot va ilmiy muloqotning ahamiyati xususida ma’ruza qildi.

Anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan Yaqin Sharq va Ko‘rfaz arab davlatlari siyosati, iqtisodiyoti, xavfsizligi, energetikasi hamda xalqaro munosabatlari bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan yetakchi professorlar, olimlar va ekspertlar ishtirok etdi.

Konferensiyaning ilmiy dasturi doirasida universitetimiz Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi mudiri, dotsent Shavkat Ikromov Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasida energetika hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda ishtirok etish universitetimizda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarning xalqaro miqyosdagi e’tirofini mustahkamlash, xorijiy olimlar bilan ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda istiqbolli akademik aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.