Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU–Gansu YUNESKO o‘quv-uslubiy markazi tomonidan navbatdagi ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

11.09.2026, 17:13 Yangiliklar 76

10-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xitoyshunoslik oliy maktabi qoshidagi TDSHU–Gansu YUNESKO o‘quv-uslubiy markazi tomonidan navbatdagi ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida Jinan universiteti professori, zamonaviy xitoy tili grammatikasi, sotsiolingvistika va amaliy lingvistika bo‘yicha mutaxassis Go Si (国熙) Xitoyshunoslik oliy maktabi professor-o‘qituvchilari, talabalar, magistrlar hamda doktorantlar uchun “Xitoy tilini o‘rganishdagi ‘qiyinchilik’ va ‘osonliklar’” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruza davomida xitoy tilini o‘rganish jarayonida uchraydigan muayyan qiyinchiliklar, ularni samarali yengib o‘tish usullari hamda tilni o‘zlashtirishni osonlashtiruvchi amaliy yondashuvlar haqida fikr almashildi.

Tadbir ishtirokchilar uchun qiziqarli va interaktiv tarzda o‘tkazilib, ma’ruza yakunida savol-javoblar tashkil etildi. Professor Go Si tinglovchilarning savollariga batafsil javob berib, xitoy tilini o‘rganish va o‘qitish metodikasi yuzasidan foydali tavsiyalarini bildirdi.