Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU katta o‘qituvchisi Vengriyada Erasmus+ akademik mobilligi doirasida dars mashg‘ulotlarini boshladi

07.10.2026, 17:09 Yangiliklar 60

2026-yil 6-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Mahliyo Turdixo‘jayevaning Vengriyaning Károli Gáspár Universitetidagi Erasmus+ KA171 akademik mobilligi doirasidagi darslari boshlandi.

Mobillikning ilk darsi “The Mysterious History of Ahsikent: Ancient Urbanization and Cultural Heritage in Central Asia” mavzusiga bag‘ishlandi. Dars davomida qadimgi Axsikent shahri, uning Markaziy Osiyo tarixidagi o‘rni, qadimgi urbanizatsiya jarayonlari hamda noyob madaniy merosi haqida talabalarga ma’lumotlar berildi.

Mashg‘ulot davomida O‘zbekistonning boy arxeologik va tarixiy merosini xalqaro auditoriyaga tanishtirish, talabalar bilan fikr almashish va turli savol-javoblar tashkil etish imkoniyati yaratildi.
Dars qiziqarli va samarali ruhda o‘tib, talabalar tomonidan mavzuga katta qiziqish bildirildi. Mazkur mashg‘ulot Erasmus+ akademik mobilligi doirasidagi ilmiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatli boshlanishi bo‘ldi.