TDSHU professori O‘tkir Hoshimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan monografiya nashr qildi
O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavallud topgan kun munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Xayrulla Hamidovning ardoqli adibimiz tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab yozgan “Ötkir Haşimov ve Eserleri: Bir İnceleme ve Tercüme Seçkisi” (O‘tkir Hoshimov va asarlari: “lmiy tadqiqot va tanlangan tarjimalar) nomli monografiyasi turk tilida nashr qilindi.
TDSHU rektori, prof. Gulchehra Rixsiyevaso‘zboshisi (mas’ul muharrir) va prof. Abdurahim Mannonovning bosh maqolasi hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi MuslimbekYo‘ldoshevning “So‘ngi so‘z”i bilan chop etilgan, adib asarlarining turk tiliga tarjimalari tahlili va tanlangan hikoyalari turkcha tarjimasi joy olgan mazkur kitob O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevralda imzolangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-22-son Farmonida o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlik hamda aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni rivojlantirish masalalari 39-maqsad doirasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 1 – aprelda qabul qilgan 121–F sonli farmoyishida atoqli adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavalludining 85 yilligini munosib nishonlash hamda adib faoliyatini targ‘ib etish belgilangan farmoyishga muvofiq amalga oshirildi.