Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU prorektori Hindistondagi xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi

13.06.2026, 09:00 Yangiliklar 181

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nodir Karimov Hindistonning nufuzli Jamia Hamdard universiteti tomonidan tashkil etilgan “Human Intervention in an Era of Artificial Intelligence in Hospitality Industry” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.


Mazkur xalqaro konferensiyada Hindistonning yetakchi universitetlari, ilmiy markazlari hamda turizm va mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislari ishtirok etib, sun’iy intellekt davrida inson omilining o‘rni, Hospitality 5.0 konsepsiyasi, raqamli transformatsiya va ta’limning kelajagi kabi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Nodir Karimov “From Silk Road Hospitality to Hospitality 5.0: Reimagining Human Values in the Age of Artificial Intelligence” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada Buyuk Ipak yo‘li davrida shakllangan mehmondo‘stlik an’analari, Sharq sivilizatsiyalarining insonparvarlik qadriyatlari hamda sun’iy intellekt sharoitida Hospitality 5.0 konsepsiyasining rivojlanish istiqbollari yoritildi.
Nodir Karimov o‘z ma’ruzasida texnologiyalar insonni almashtirish uchun emas, balki uning imkoniyatlarini kengaytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va insoniy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilishi lozimligini ta’kidladi.