Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU rektori talabalar turar joyining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o’rgandi

19.10.2026, 10:31 Yangiliklar 57

2026-yilning 18-oktabr kuni universitet rektori S.A.Nasirova talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularning ijtimoiy-maishiy muammolarini tinglash va kuz-qish mavsumi oldidan binolarning tayyorgarlik holatini koʻzdan kechirish maqsadida koʻrik oʻtkazdi. Rektor dastlab talabalarning xonalariga kirib, ular bilan samimiy suhbat qurgan holda, yoshlarning yashash sharoitlari, oziq-ovqat taʼminoti va darsdan tashqari vaqtlarini qanday tashkil etayotganliklari bilan qiziqdi. Talabalar tomonidan bildirilgan taklif va istaklar bevosita qayd etib borildi. Tashrif davomida rektorga Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor G‘.Arifjanov hamrohlik qildi. Shu kuni universitet xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlarning ijarada yashovchi talabalar xonadonlariga tashrifi ham uyushtirildi.

Tashrif davomida xonalari birma-bir ko‘zdan kechirib, talabalarga xonalarni ozoda saqlash, mavjud jihozlarni asrab avaylash, is gazi, yong‘in keltirib chiqarish mumkin bo‘lgan vositalardan foydalanmaslik ta’kidlandi. Umumiy foydalanish (oshxona, ovqatlanish, yuvinish, dush, hojatxona, kiyim quritish) xonalaridan ham, tartibli tozalikka, sanitarik-gigiyenik qoidalarga rioya etgan holda foydalanishlari tushuntirildi. Rektor talabalarning dars tayyorlashlari va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun yaratilgan infratuzilmani ham koʻzdan kechirdi. Har bir ob’ekt va jihozlardan to‘g‘ri foydalanish yo‘riqnomalariga qat’iy rioya qilish lozimligi uqtirildi. Qayta jihozlanayotgan kutubxona, mutolaa xonasi, besh tashabbus xonasi va sport zallari ko‘zdan kechirildi. Talabalar turar joyidagi talabalarning yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatlari tekshirildi. Umumiy foydalanishdagi oshxonalarning sanitariya-gigiyena holati, gaz plitalarining sozligi va tozalik darajasi qoniqarli deb baholandi. Talabalar turar joyida mavjud toʻgaraklar ishini yanada jonlantirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.