Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDShU Turizm ishchi guruhi Alisher Nazirov kulolchilik uy muzeyida

29.06.2026, 11:14 Yangiliklar 79

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turizm ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatining Rishton tumaniga amaliy tashrif doirasida Alisher Nazirov kulolchilik muzeyiga borib, Rishton kulolchilik maktabining boy tarixiy merosi va an’analari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek tashrif davomida ishtirokchilarga milliy kulolchilik mahsulotlarini yaratish jarayoni, Alisher Nazirov kulolchilik maktabining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ushbu noyob hunarmandchilik yo‘nalishining turizm sohasini rivojlantirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur tashrif talabalarning milliy madaniy meros, an’anaviy hunarmandchilik va turizm salohiyati haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlash, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish hamda ichki turizmni rivojlantirishga oid ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.