Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU urdushunos olimlarining Lahordagi Alloma Iqbol ijodi bo‘yicha ilmiy muloqoti

25.05.2026, 16:04 Yangiliklar 420

2026-yil 25 – may kuni yirik urdushunos olim Toshmirza Xolmirzaev va urdushunos Muhayyo Abdurahmonova Lahor shahridagi Qaide A‘zam nomidagi Milliy kutubxonaning Alloma Iqbol bo’limining boshlig‘i Dr.Abdul-Rahim bilan muloqotda bo’ldilar.

Suhbat chog’ida o‘zbek olimlari O’zbekistonda Allloma Iqbol ijodi, xususan, urdu va fors she‘riyatining o’zbekcha tarjimalari, shuningdek, allomaning falsafiy- ma‘rifiy qarashlari borasida amalga oshgan ilmiy-tadqiqot ishlari xususida fikr almashdilar. Suhbat so’nggida A.Iqbol ijodiga oid kitoblar taqdim qilindi.