Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU va Tsukuba universiteti o‘rtasida xalqaro innovatsion ta’lim loyihasi muhokama qilindi

17.06.2026, 12:35 Yangiliklar 100

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Yaponiyaning Tsukuba universiteti vakillari bilan ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, xalqaro ilmiy loyihalarda yaqindan hamkorlik qilish masalalariga bag’ishlangan onlayn uchrashuv o’tkazildi.

Zoom platformasi orqali tashkil etilgan uchrashuv davomida “‘Detektiv Konan’ mangasi va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida kanjilarni o‘qitishning innovatsion moduli” loyihasini hamkorlikda amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, loyiha doirasida Yaponiyaning ilm-fan sohasidagi eng nufuzli tashkilotlaridan biri bo‘lgan Japan Society for the Promotion of Science (JSPS) bilan hamkorlik imkoniyatlari, qo‘shma grant loyihalarida ishtirok etish hamda ilmiy tadqiqotlarni xalqaro darajaga olib chiqish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida loyiha konsepsiyasi, 15 haftalik innovatsion o‘quv moduli mazmuni, sun’iy intellekt vositalarini yapon tili ta’limiga integratsiya qilish mexanizmlari hamda tomonlarning vazifalari muhokama qilindi. Xususan, Tsukuba universiteti bilan ilmiy ekspertiza, qo‘shma seminar va mahorat darslarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, loyiha natijalarini Scopus va Web of Science bazalaridagi nufuzli jurnallarda chop etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar, shuningdek, JSPS grant dasturlari doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ikki tomonlama akademik aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab oldilar.

Mazkur loyiha yapon tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni, sun’iy intellekt texnologiyalarini hamda ko‘ngilochar ta’lim elementlarini uyg‘unlashtirish orqali talabalarning bilim olish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor N. Karimov, Yaponshunoslik oliy maktabi boshlig‘i N. Xolmurzayeva, Loyiha ofisi boshlig‘i D. Abdusalomov hamda oliy maktab professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Yakunda tomonlar loyiha yuzasidan muntazam muloqotni davom ettirish va grant tashabbuslarini ishlab chiqish hamda loyihani amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

    WordPress Lab Servicio – Electrician & Electrical Services Template Kit Setar – Coworking Space & Startup Office Elementor Template Kit Setra WooCommerce WordPress Theme Seven – Stylish WordPress Theme Sevenbite – Health and Medical WordPress Theme Shader Carousel WordPress and WooCommerce Plugin Shadowcat – News and Magazine WordPress Theme Shadower Pro – A Responsive WordPress Theme for Bloggers Shakti – Church & Religion Nonprofit Krishna WordPress Theme Shang – Hair Salon & Barber Shop WordPress theme