TDSHUda 10-sonli universitet kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 1-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Universitet Kengashining 10-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Hay’at qarorlari va buyruqlarining ijrosi masalasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, universitet institut va fakultetlarida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Xususan, Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti, Sharq xalqlari tili va adabiyoti instituti, Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti hamda Amaliy fanlar fakultetida olib borilayotgan faoliyat natijalari muhokama qilindi.


Kengash kun tartibidan 2025/2026 o‘quv yiliga xorijiy o‘qituvchilar va chet ellik talabalarni jalb etish bo‘yicha takliflar ham o‘rin oldi.
Yig‘ilish yakunida 2026-yil 3-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul bo‘yicha o‘tkazilgan imtihon natijalari ko‘rib chiqildi hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


