Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Abulqosim Firdavsiyni yod etib” nomli ilmiy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi

14.05.2026, 16:36 Yangiliklar 338

2026-yil 14-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Eronshunoslik va afg‘onshunoslik oliy maktabida buyuk mutafakkir va so‘z san’ati dahosi Abulqosim Firdavsiy tavalludiga bag‘ishlangan “Abulqosim Firdavsiyni yod etib” nomli ilmiy-ma’rifiy anjuman tashkil etildi.

Anjumanda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda Eronshunoslik va afg‘onshunoslik oliy maktabi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Shohnoma” dostoni, uning badiiy, tarixiy va ma’naviy ahamiyatiga bag’ishlangan ma’ruzalar taqdim etildi. Jumladan, Nodir Nuriddinov, Hasan Safarxoniy, Muhammadrizo Aslani hamda Oydin Turdiyevalar tomonidan Firdavsiy ijodi, “Shohnoma” dostoni qahramonlari va Eron adabiyotidagi badiiy uslublar haqida ma’ruzalar qilindi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan Firdavsiy ijodidan she’riy namunalar o‘qildi, musiqiy chiqishlar namoyish etildi hamda “Siz Shohnomani bilasizmi?” viktorinasi tashkil qilindi. Shuningdek, “Eron adabiyotida badiiy uslublar” to‘garagi faol ishtirokchilari taqdirlandi. Mazkur anjuman Sharq mumtoz adabiyoti durdonalarini keng targ‘ib qilish, yoshlarda mumtoz merosga hurmat va qiziqishni oshirishga xizmat qildi.

    WordPress Lab Partiso Political Party & Candidate Elementor Template Kit Partiso | Political WordPress Theme for Party & Candidate PartyMaker | Event Planner & Wedding Agency WP Passage – Responsive Retina Multi-Purpose Theme Passion Blogger - A Responsive WordPress Theme Passion – Handmade & Craft WooCommerce WordPress Theme Password Manager Jetpack CRX Addon Password Protected Categories, Products & Pages Plugin For WooCommerce Pasto – Restaurant & Cafe Responsive WordPress Theme Path WordPress Theme