Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda bajarilayotgan loyiha a’zolari Turkiyada xizmat safarida

03.01.2025, 12:21 Yangiliklar 1147

2024-yilning 23-30 dekabr kunlari universitetda bajarilayotgan «Rishton, Chust, Yangiqo’rg’on va Boysun tumanlari etnoturizm salohiyatini oshirishda lokal atributlardan foydalanish» nomli amaliy loyiha a’zolari ning Anqara va Istanbul shaharlarida xizmat safarida bo‘ldilar.

IMG_1329

Xizmat safari davomida Anqara universitetining Beypazari kasb-hunar maktabida Turkiyaga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun tabiiy usulda tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib tajriba almashildi va o’rganuvchilarga O’zbekistonning turizm maskanlari xususida ma’ruza qilindi.

Anqara universiteti bilan hamkorlikda har ikki mamlakatda Gostronomik turizmni rivojlantirishga qaratilgan loyiha ishlab chiqishga kelishib olindi.

photo_2024-12-26_16-42-02

Xizmat safar davomida O‘zbekistonda etnoturizmni rivojlantirishga doir xorij tajribasi bilan tanishildi va bir qator kelishuvlarga erishildi. Xususan:
• Anqaradagi Beypazari xalq ta’lim markazida qo’l mehnati asosida tayyorlanadigan tabiiy ipaklar va ipak mahsulotlari;
•  Turkiya Milliy va Orhan Kemal kutubxonalarida turizmga oid nashr etilgan adabiyotlar bilan tanishildi;
• Marriott mehmonxonasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi elementlar o‘rganildi va «etnotravel.uz» sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi boshqa platformalar targ’ib qilindi;
• Istanbul shahrida joylashgan tarixiy binolar va etnoturizmni targ‘ib qiluvchi boshqa milliy atributlar bilan tanishildi.

photo_2025-01-04_12-29-41

Shuningdek, Beypazari xalq ta’lim markazi bilan Ipaklarni tabiiy yo’l bilan qizil rangga bo’yash texnologiyasini O’zbekiston hunarmandlari tajribalarini o’rganish va O‘zbekiston hunarmandlaridan tabiiy rang mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha;
Marriott mehmonxonasida 2025 -yilda o’tkazilishi rejalashtirilgan taomlar festivalida O’zbekistonning milliy taomlarini namoyish qilish;
Anqara universiteti va TDSHUning turizm yo’nalishi talabalari almashinuvini tashkil qilish masalalari ham ko’rib o’tildi

photo_2025-01-04_12-29-37

photo_2025-01-04_12-29-34

photo_2024-12-27_23-25-30

    WordPress Lab Emaily | WooCommerce Responsive Email Template + Subscriptions + Bookings + Memberships Compatible Emall – Multipurpose WooCommerce WordPress Theme Emarat – Construction WordPress Theme emart – Laravel Multi-Vendor eCommerce Advanced CMS eMart | Multivendor Food, On-demand, eCommerce, Parcel, Taxi Booking, Car Rent App with Admin & Web Embed Any Document Plus – WordPress Plugin Ember – Digital Marketing Agency WordPress Theme Emberlyn | Personal Stylist & Fashion Clothing WordPress Theme Embrad – Event & Conference WordPress Theme EMO Focus – Modern Lightweight News Magazine theme