Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

14.07.2026, 14:17 Yangiliklar 195

#oq_yol_sizga_sharqshunoslar

2026-yil 14-iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida magistratura va bakalavriat bosqichi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. “Oq yo‘l sizga, sharqshunoslar!” shiori ostida tashkil etilgan tantanali tadbir bitiruvchilarning hayotidagi muhim va unutilmas voqealardan biriga aylandi.

Ma’lumot o’rnida bu yil TDSHUda 900 dan ortiq yoshlar Bakalavr va Magistratura bosqichini tamomladi. Jumladan, Bakalavr -658, Magistratura- 193
Bakalavr imtyozli -58 diplomlar bilan taqdirlandilar.

Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti G‘iyos Boytayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid hamda boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etib, bitiruvchilarga o‘z tabrik va ezgu tilaklarini bildirdilar.

Shuningdek, chet ellik talabalar hamda bitiruvchilar tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi, turli tillarda tabriklar yangradi. Tadbir davomida magistratura va bakalavriat bosqichini a’lo baholar bilan tamomlagan bitiruvchilarga tantanali ravishda diplomlar topshirildi.

Marosim universitetning iqtidorli talabalari va san’atkorlar ishtirokidagi badiiy chiqishlar bilan yanada ko‘tarinki ruhda davom etdi. Yakunda bitiruvchilar ustozlari va yaqinlari bilan esdalik suratlariga tushib, talabalik yillarining yorqin xotiralarini yana bir bor yodga oldilar.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan universitet rahbariyati bitiruvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, ularga kelgusidagi kasbiy faoliyati va ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.