Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda oliy maktab va kafedralarning 2025/2026-o‘quv yilidagi faoliyati yakunlari hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o’rganildi

26.06.2026, 15:47 Yangiliklar 102

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2025/2026-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini tahlil qilish maqsadida universitet rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva raisligidagi ishchi komissiya tomonidan oliy maktab va kafedralar faoliyati o‘rganildi.

Ushbu suhbatda institut direktorlarlari, fakultet dekanlari, oliy maktab boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etib, o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etdilar hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha ma’lumot berdilar.

O‘rganish jarayonida professor-o‘qituvchilarning 2025/2026-o‘quv yili uchun tuzilgan shaxsiy ish rejalari va ularning ijrosi, oliy maktab hamda kafedra rahbarlarining xulosalari, APS platformasi orqali shakllangan KPI natijalari, 2026/2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan dars yuklamalari va ularning taqsimoti, fanlarning o‘quv dasturlari, xalqarolashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan hamda rejalashtirilayotgan ishlar, shuningdek, oliy maktab va kafedralar tarkibini takomillashtirishga oid taklif va mulohazalar atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur o‘rganish natijalari asosida mavjud yutuqlar va kamchiliklar tahlil qilinib, ta’lim sifati, ilmiy faoliyat va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini oshirish hamda 2026/2027-o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar belgilab olindi.