Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda Rossiya, Xitoy, Polsha, Turkiya va Eron davlatlari olimlari va professor-o’qituvchilari ishtirokida ilmiy ma’ruzalar tashkil etildi

21.04.2026, 11:06 Yangiliklar 462

TDSHUda Rossiya, Xitoy, Polsha, Turkiya va Eron davlatlari olimlari va professor-o’qituvchilari ishtirokida ilmiy ma’ruzalar tashkil etildi

2026 – yil 20- aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o’qituvchilari, doktorant, magistr talabalari hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida qator ilmiy tadbirlar tashkil etildi.

Xitoy Xalq Respublikasining Shaanxi Normal University delegatsiyasining tashrifi doirasida o‘zaro akademik hamkorlik masalalari muhokama qilindi hamda delegatsiya vakillari ishtirokida ilmiy uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, professor Guo Xianghong tomonidan “Kitayskaya istoriya: mudrost garmonii i yedinstva i sivilizatsiya Shyolkovogo puti” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Mazkur tadbirda Xitoy tarixi yo‘nalishidagi talabalar, magistrantlar va tadqiqotchilar faol ishtirok etdilar.

Shu kuni Polsha davlatining Varshava universiteti bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-nazariy seminar ham tashkil etildi. Seminar doirasida PhD Stanislav Adam Yaskovskiy tomonidan “Ali Mardan Khan and the Safavid–Mughal conflict over Kandahar” mavzusida ma’ruza taqdim etildi. Ushbu seminar tarixiy jarayonlarni zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilishga bag‘ishlandi va talabalar hamda professor-o‘qituvchilarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, Turkiya Respublikasi Istanbul universiteti ustozi, PhD Mamura Mamatkulova Özkan tomonidan “Imom G‘azzoliyning chig‘atoy turkiysida yozilgan “Nasihatü’l-Müluk” asari germenevtik tahlili (matnshunoslik perspektivida)” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Mazkur ma’ruza Sharq falsafiy merosini zamonaviy germenevtik yondashuvlar asosida o‘rganish masalalariga bag‘ishlandi.

Bundan tashqari, Eronlik olim, professor Dr. Orif Navshohiy tomonidan “Rashahot ayn al-hayot» asarining O‘zbekiston tasavvufi tarixidagi ahamiyati” mavzusida ilmiy ma’ruza tashkil etildi. Ushbu ma’ruza tasavvufiy manbalarni ilmiy tahlil qilish va ularning tarixiy ahamiyatini ochib berishga qaratildi.

21-aprel kuni Hamkor tashkilot — Sankt-Peterburg davlat universiteti Xitoy filologiyasi kafedrasi professori A.A. Rodionov Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xitoyshunoslik oliy maktabi talabalari, magistrlari va doktorantlari uchun “Lyu Chjenyun – zamonaviy xitoy adabiyotining yorqin vakili” mavzusida ilmiy ma’ruza qildi.

Mazkur tadbirlar natijasida talabalar va yosh tadqiqotchilarning xalqaro ilmiy muhit bilan integratsiyasi kuchayib, ularning zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlari kengaydi. Shu bilan birga, universitetning xalqaro akademik hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanib, ta’lim va ilmiy faoliyat sifati yangi bosqichga ko‘tarildi.

    WordPress Lab Unicka – Hair Styling & Beauty Salon WordPress Theme Unico – Multipurpose WordPress Theme Unicoz – Elementor WooCommerce Theme Unione – University Elementor Template Kit Unipix – University Education WordPress Theme + RTL Unique Hover Effects – VC Addon UnityPress – Community Club WordPress Theme Univero | Education LMS & Courses WordPress Theme Universal – Corporate WordPress Multi-Concept Theme Universal – Full Multi-Purpose Android App