Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Tinchlik — eng oliy ne’mat” hamda “Jaholatga qarshi — ma’rifat mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

02.10.2026, 13:19 Yangiliklar 138

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va totuvlik muhitini yanada mustahkamlashda ma’rifatning o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“Tinchlik — eng oliy ne’mat” hamda “Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan kurash!” shiorlari ostida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi Ilhom Ma’rupov ishtirok etdi.

Uchrashuvda bugungi tahlikali va axborot xuruji avj olgan zamonda yoshlar orasida ogohlik va hushyorlikni oshirish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi. Muloqot chog‘ida talabalarga turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning salbiy oqibatlari, jumladan, noqonuniy va adashtiruvchi guruhlar faoliyatiga aralashib qolish, bilmay turib axborot va go‘yoki diniy mazmundagi materiallarni tarqatish huquqiy javobgarlikka sabab bo‘lishi aniq misollar bilan tushuntirib o‘tildi.

Tadbirda axborot maydonidagi jarayonlar jiddiy e’tibor talab qilishi qayd etilib, yoshlar har bir ma’lumotni chuqur o‘rganish, tanqidiy tahlil qilish va xolis mushohada yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Soha mutaxassislari yoshlarni ma’rifiy manbalarga tayanishga hamda jamiyat barqarorligiga hissa qo‘shishga chorladilar.