TDSHUda “Vazir va yoshlar muloqoti” bo‘lib o‘tdi
2026-yil 30-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida “Vazir va yoshlar muloqoti” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda universitet talabalari, yosh tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Muloqot davomida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarni ilm-fan va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, xorijiy tillarni o‘rganish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim sifati, ilmiy loyihalar, grant dasturlari, akademik almashinuv va bandlik masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Vazir tomonidan yoshlarning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida faol qatnashgan talabalarga vazir tomonidan dastxat qo‘yilgan esdalik kitoblar topshirildi. Shu bilan birga, TDSHU tomonidan professor-o‘qituvchilarning ilmiy-adabiy asarlari vazirga taqdim etildi.




























