Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda XXRning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi ishtirokida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim, ilm-fan hamda akademik almashinuv sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

05.08.2026, 14:14 Yangiliklar 89

2026-yil 5-avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Yu Jun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim, ilm-fan hamda akademik almashinuv sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, xorijlik talabalarni qabul qilish, bitiruvchilarni mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun “Xitoy tarixi” nomli fundamental darslikni o‘zbek, rus va ingliz tillarida yaratish va nashr etish tashabbusi ilgari surildi. Shuningdek, TDSHU rektori G. Rixsiyeva Xitoy-O‘zbekiston ilmiy hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida gumanitar fanlar yo‘nalishiga ixtisoslashgan qo‘shma ilmiy-tadqiqot portalini yaratish taklifini bildirdi.

Tomonlar darslikni tayyorlash jarayoniga yetakchi tarixchi va xitoyshunos olimlarni jalb etish, o‘quv adabiyotlari almashinuvini kengaytirish hamda yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar